
Insonlar va g'ayritabiiy mavjudotlar — Ayakashilar birga yashaydigan dunyoda, ayakashining kelini etib saylanish inson uchun eng oliy sharafdir. Oddiy maktab o'quvchisi bo'lgan Yuzu, uning singlisi Karin (tanlangan kelin) soyasida qolib, butun umri davomida oilasi tomonidan e'tiborsiz va kamsitilib yashaydi. Yuzuning sabr kosasi to'lib, hayotdan umidini uzgan bir paytda, u kutilmaganda eng qudratli klandan bo'lgan Reiya ismli kelishgan demonning (oni) qalbini zabt etadi va Reiya uni o'zining mutloq kelini deb e'lon qiladi.
